col-xs-12
col-sm-12
col-md-1
col-lg-1
col-xs-12
col-sm-12
col-md-8
col-lg-8
col-xs-12
col-sm-12
col-md-3
col-lg-3
col-xs-12
col-sm-12
col-md-1
col-lg-1
col-xs-12
col-sm-12
col-md-7
col-lg-7
  • add-style
  • font-medium
  • lp-body-content

Sun’iy intellekt salohiyatidan foydalanish unumdorlikni oshirishga va demografik bosimni yumshatishga xizmat qilishi mumkin

VASHINGTON, 2026-yil 6-oktyabr — Jahon bankining bugun e’lon qilingan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha “Sun’iy intellektni qanday ishga solish kerak: ish o‘rinlari, kompaniyalar va unumdorlik”(Making AI Work: Jobs, Firms, and Productivity) deb nomlangan so‘nggi iqtisodiy sharhiga ko‘ra, energiya resurslari narxining oshishi, noaniqlikning kuchayishi va asosiy savdo hamkorlarida iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi oqibatida Yevropa va Markaziy Osiyo hududida* o‘sish sur’atlari 2025-yildagi 2,6 foizdan 2026-yilda 2,2 foizgacha pasayishi kutilmoqda.

Bu sekinlashuv keng ko‘lamli xarakterga ega bo‘lib, mintaqadagi aksariyat mamlakatlarda iqtisodiy faollikning susayganini aks ettiradi. Umumiy ishlab chiqarish hajmining qariyb 40 foizi to‘g‘ri keladigan Rossiyani hisobga olmaganda, mintaqaning o‘sish sur’ati 2025-yildagi 3,7 foizdan 2026-yilda 3 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Jahon xomashyo bozorlaridagi uzilishlar kutilganidan ancha kamroq ta’sir ko‘rsatdi.

true
expert-quote, expert-quote-slider
Mintaqadagi rivojlanayotgan iqtisodiyotlar energiya sarfini kamaytirish, davlat siyosati choralarini kuchaytirish va barqaror ichki talab tufayli o‘z mustahkamligini namoyish etishda davom etmoqda. Unumdorlikni oshirish va mehnatga layoqatli aholi sonining qisqarishini qoplash maqsadida mamlakatlar tayanch ta’lim hamda boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlab, ayni paytda mehnat bozori va ijtimoiy himoya institutlarini ushbu keng ko‘lamli o‘zgarishlarga tayyorlagan holda sun’iy intellekt salohiyatidan unumli foydalanishlari mumkin.
Antonella Bassanining
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti
false

Mehnat bozoridagi qulay sharoitlar, real ish haqining o‘sishi, pul o‘tkazmalari, sayyohlar oqimining ko‘payishi va davlat investitsiyalari iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Hukumatning vaqtinchalik qo‘llab-quvvatlash choralari energiya tashuvchilar narxining oshishi uy xo‘jaliklari va korxonalarga ko‘rsatgan ta’sirini qisman pasaytirdi, ammo ayrim mamlakatlarda bu choralar davlat moliyasiga tushadigan bosimni kuchaytirdi.

Markaziy Osiyo eng tez rivojlanayotgan hudud bo‘lib qolmoqda. Xususan, hisob-kitoblarga ko‘ra, uning iqtisodiyoti 2026-yilda 5,8 foizga o‘sadi, jumladan, iqtisodiy o‘sish Qirg‘izistonda 9,6 foiz va O‘zbekistonda 7,9 foiz darajasida prognoz qilinmoqda. G‘arbiy Bolqonda o‘sish sur’atlari 2025-yildagi 2,6 foizdan 2026-yilda 3,1 foizgacha tezlashishi kutilmoqda, Markaziy Yevropada esa o‘sish sur’ati 3,6 foiz darajasida saqlanib qoladigan Polsha yetakchilik qilmoqda. Muhim infratuzilmaga yetkazilgan zararning ortishi va eksportdagi uzilishlar fonida Ukraina iqtisodiyotining o‘sishi 1,2 foizgacha sekinlashishi taxmin qilinmoqda.

Energiya narxlarining qimmatlashuvi inflyatsiyani yuqori darajada ushlab turibdi, Yevropa Ittifoqidagi sust o‘sish va boshqa mamlakatlar tomonidan kuchayib borayotgan raqobat esa eksport hamda sanoat faolligiga, ayniqsa, avtomobilsozlik sanoatining mintaqaviy ta’minot zanjirlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Oxirgi paytlarda savdo sohasidagi uzilishlar va Ukrainada davom etayotgan harbiy harakatlar, energiya resurslari, transport va o‘g‘itlar narxining yanada ko‘tarilishi, global moliyalashtirish shartlarining qat’iylashuvi, asosiy savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlarda o‘sishning sekinlashishi hamda ekstremal ob-havo hodisalari iqtisodiy istiqbollarni yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan asosiy xavflar qatoriga kiradi.

Hisobotning sun’iy intellektga bag‘ishlangan maxsus bo‘limida ta’kidlanishicha, SI mintaqa hozirda uni o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan sur’atdan ancha tez tarqalmoqda.  Qariyb har beshinchi xodim — asosan yoshlar va oliy ma’lumotlilar — sun’iy intellekt ta’siriga kuchli darajada moyil bo‘lgan kasblarda faoliyat yuritmoqda. Ayni paytda o‘nta kompaniyadan bittasidan ham kamrog‘i sun’iy intellektdan foydalanmoqda, bunda ham u asosan oddiy bazaviy vazifalarni bajarish uchungina qo‘llanilmoqda.

Mintaqa sun’iy intellektni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab shart-sharoitlarga, jumladan, mobil aloqa qamrovining kengligi, energiya narxlarining qulayligi va kuchli texnik kadrlar salohiyatiga ega. Biroq, hisobotda ta’kidlanishicha, tayanch ta’lim va boshqaruv ko‘nikmalari, o‘zaro mos va integratsiyalashgan ma’lumotlar hamda hisoblash infratuzilmalari xizmatlarining yetishmasligi sun’iy intellektni joriy etishga to‘sqinlik qilmoqda.

true
expert-quote, expert-quote-slider
Garchi aynan xususiy sektor joriy etish, moslashish va innovatsiyalarning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi kerak bo‘lsa-da, ishchi kuchini sun’iy intellektga tayyorlash qaror qabul qiluvchi organlarga bandlik muammosini hal qilish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun real imkoniyat yaratadi. Kelgusi o‘n yillikdagi asosiy xavf, ehtimol, sun’iy intellektning me’yordan ortiq qo‘llanishida emas, balki mintaqa mamlakatlarida uni yetarli darajada joriy etmaslik va unga moslashmaslikda namoyon bo‘ladi.
Ivaylo Izvorski
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha bosh iqtisodchisi
false

Mavjud tarmoqlar samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, sun’iy intellekt yangi mahsulotlar, xizmatlar, kasblar va iqtisodiyot tarmoqlarining paydo bo‘lishiga xizmat qilishi mumkin. Ushbu salohiyatni yuzaga chiqarishning ikkita asosiy sharti — malaka oshirish hamda xususiy kapital oqimini sezilarli darajada ko‘paytirishdir. Hukumatlar arzon hisoblash quvvatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, shu orqali tegishli talab mavjud bo‘lganda hisoblash infratuzilmalari xizmatlarini eksport qilish imkonini yaratish orqali bunday kapitalni jalb qilishga ko‘maklashishi mumkin.

* Markaziy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, G‘arbiy Bolqon, Rossiya Federatsiyasi va Turkiya bu hududga kiradi.

Bogʻlanish uchun

Jahon bankining OAV bilan aloqalar bo‘limi

press@worldbankgroup.org
(202) 473-7660

Jahon banki guruhi haqida

Jahon banki guruhi, yashash uchun yaroqli sayyorada qashshoqlikdan xoli dunyo barpo etishdek ulkan maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan. Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritayotgan Jahon banki guruhi insonlar hayotini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish hamda eng dolzarb global muammolarni hal etishga ko‘maklashish uchun moliyaviy resurslar, maslahat xizmatlari va innovatsion yechimlarni taqdim etadi.

Tashkilot faoliyati haqida batafsil ma’lumotni quyidagi veb-saytlarda olishingiz mumkin:

www.worldbank.org, www.miga.org va www.ifc.org.

col-xs-12
col-sm-12
col-md-1
col-lg-1
col-xs-12
col-sm-12
col-md-3
col-lg-3
  • add-style
ombc-i18n-key
ombc
ombc-description-i18n-key
ombc-description
signup-i18n-key
signup
register-i18n-key
register