- font-medium
- bg_blue_05
Asosiy xulosalar
- Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekistonning qishloq hududlarida ish oʻrinlari yaratish va aholining farovonligini oshirishda muhim rol oʻynaydi.
- Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan loyiha mamlakat boʻylab qishloq hududlaridagi 15 mingdan ortiq mikro, kichik va oʻrta biznes egalarini qamrab olib, yangi ish oʻrinlari yaratilishiga hamda talab yuqori boʻlgan tovar va xizmatlardan foydalanish imkoniyatining kengayishiga xizmat qildi.
- 22 ta yangi biznes-inkubator tadbirkorlarga, avvalo yoshlar va ayollarga, gʻoyalarni barqaror biznes-loyihalarga aylantirishda, shuningdek mavjud korxonalarni kengaytirishda yordam bermoqda.
- lp-body-content
- first-letter
Kichik va oʻrta biznes Oʻzbekistonda ish oʻrinlari yaratish, innovatsiyalar va iqtisodiy oʻsishning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Biroq mamlakatning qishloq hududlarida faoliyat boshlayotgan tadbirkorlar koʻpincha gʻoyalarni muvaffaqiyatli biznesga aylantirish yoʻlida ancha jiddiy toʻsiqlarga duch kelishadi. Bunday toʻsiqlar jumlasiga moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyati cheklanganligi, sotuv bozorlarining kichikligi, yuqori transport xarajatlari, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan biznes aloqalarini oʻrnatish va mentorlik yordamini olish imkoniyatlarining cheklanganligi kiradi.
Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish. 2-faza” loyihasi qishloq joylardagi mikro, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 2022-yil iyul oyida ishga tushirilganidan buyon loyiha mamlakat boʻylab, jumladan Oʻzbekistonning iqtisodiy va ekologik jihatdan eng zaif hududlarida faoliyat yuritayotgan 15 mingdan ortiq tadbirkorni qamrab oldi va yangi korxonalar tashkil etilishiga hamda mavjud bizneslarning kengayishiga koʻmaklashdi.
Moliyaviy va maslahat koʻmagi bilan loyiha qishloq hududlarining tadbirkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishga hissa qo‘shdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar bandlikni ragʻbatlantirib, mehnat bozoriga kirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan ayollar va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratdi. Loyiha, shuningdek, chekka qishloq hududlarida yangi tovarlar va xizmatlarning paydo boʻlishi hisobiga shahar va qishloq oʻrtasidagi tafovutni qisqartirish imkonini berdi.
Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash qishloq joylarda ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashmoqda
Koʻplab benefisiarlar uchun loyiha mahalliy jamoalar darajasida ijobiy oʻzgarishlar omiliga aylandi va ularning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etishga hissa qo‘shdi. Shunday tadbirkorlardan biri — Xorazm viloyati Xonqa tumanidan boʻlgan 60 yoshli kichik biznes egasi Ulugʻbek Ibrohimovdir. Loyihaning hamkori boʻlgan mahalliy bank orqali kredit olib, u idishlarda qadoqlangan ichimlik suvi ishlab chiqarish sexini ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu mahsulot toza ichimlik suvi tanqisligi va uning shoʻrlanish darajasi yuqori boʻlgan Xorazm viloyatida keng talabga ega.
- lp-body-content
- first-letter
- lp-body-content
Boshqa benefisiarlar uchun loyiha mavjud bizneslarini kengaytirish imkonini berdi. Xorazm viloyati Xonqa tumanidan boʻlgan 50 yoshli tadbirkor Rasulbek Yusupov arqon mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. U 2016-yildan buyon ushbu sohada faoliyat yuritib kelgan, biroq COVID-19 pandemiyasi uning mahsulotlariga boʻlgan talabga jiddiy salbiy ta’sir koʻrsatdi. Sotuvlar keskin kamaydi, yetkazib berish zanjirlari uzildi va biznes bankrotlik yoqasiga kelib qoldi.
“Loyiha doirasida olingan kredit ishlab chiqarishni qayta yoʻlga qoʻyishimizga yordam berdi. Hozirda korxona turli xil arqon mahsulotlarini barqaror ishlab chiqarmoqda”, — deydi Rasulbek. Uning qoʻshimcha qilishicha, ishlab chiqarish hajmining oshishi oltita yangi xodimni ishga olish imkonini berdi.
Rasulbekning arqon mahsulotlari meva-sabzavotchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi mahalliy fermerlar tomonidan keng qo‘llaniladi hamda qimmat import mahsulotlariga nisbatan iqtisodiy jihatdan maqbul arzonroq muqobil hisoblanadi.
“Bizning ishlab chiqarishimiz mutlaqo chiqindisiz. Xomashyo qoldiqlarining barchasi tayyor arqon mahsulotlariga qayta ishlanadi va u ham mahalliy bozorda sotiladi”, — deydi Rasulbek, oʻz biznesining ekologik jihatdan tozaligini ta’kidlab.
- lp-body-content
- lp-body-content
Qoraqalpogʻistonlik 36 yoshli restoran egasi Ne’mat Jumaboyev ham loyiha hamkori boʻlgan mahalliy bank orqali olingan kredit hisobiga biznesini kengaytira oldi. Uning ancha eskirgan restorani toʻliq ta’mirlandi. Yangilangan interyer tufayli tashrif buyuruvchilar soni salmoqli darajada koʻpaydi, savdo hajmi esa 50–60 foizga oshdi.
Loyiha doirasida olingan moliyaviy koʻmak Ne’matga Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahrida ikkinchi restoran ochish imkonini ham berdi. Yangi muassasaning ishga tushirilishi 10 ta yangi ish oʻrni yaratilishini ta’minlaydi. “Moliyalashtirish imkoniyatining yaratilishi biznesimiz koʻrsatkichlarini yaxshilashda va ikkinchi restoranni ochishda hal qiluvchi rol oʻynadi”, — deydi Ne’mat.
Biznes-inkubatorlar hududlarda tadbirkorlik oʻsishini ragʻbatlantirmoqda
Loyihaning muhim tarkibiy qismlaridan biri Oʻzbekistonning barcha hududlarida 22 ta biznes-inkubator tashkil etilishi boʻldi. Ular negizida tadbirkorlar moliyaviy boshqaruv va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha treninglardan oʻtadilar.
Shuningdek, biznes-inkubatorlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalarga tashriflar tashkil etish orqali ish boshlayotgan tadbirkorlarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, shuningdek, tajribali biznes subyektlarining ilg‘or tajribasini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Nukus shahridagi biznes-inkubatorlardan birining maslahatchisi 24 yoshli Gulsara Soliyeva Qoraqalpogʻistonda 50 dan ortiq tadbirkorlar bilan ishlamoqda.
- lp-body-content
- lp-body-content
Loyihaning amalga oshirilishi allaqachon ijobiy natijalar berdi. 2025-yil dekabr holatiga koʻra, loyiha qishloq hududlarida meva-sabzavotchilik, baliqchilik, qurilish, turizm va xizmat koʻrsatish sohalarida 2 850 dan ortiq subloyihaga sarmoya kiritib, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatladi.
Loyiha investitsiyalari benefisiarlarga oʻz korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirish va daromadlarini koʻpaytirish imkonini berdi. Bundan tashqari, loyiha doirasida 12 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi, ularning yarmidan koʻpi ish topishda koʻpincha qiyinchiliklarga duch keladigan ayollar va yoshlar hissasiga toʻgʻri keladi.
- lp-body-content